Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 22.05.2026 · Fastora mobil ilovasi

Ushbu maxfiylik siyosati Fastora mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda "Ilova") tomonidan foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday yig'ish, ishlatish va himoya qilishni belgilaydi. Ilovani yuklab olish va ishlatish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Yig'iladigan ma'lumotlar

Ilovadan foydalanish jarayonida quyidagi ma'lumotlar yig'iladi:

  • Hisob ma'lumotlari: Telegram ID, foydalanuvchi nomi, ism (ro'yxatdan o'tish uchun)
  • Texnik ma'lumotlar: qurilma turi, operatsion tizim versiyasi, til sozlamalari
  • Foydalanish statistikasi: qaysi sahifalar ochilgani, sessiya davomiyligi (analitika uchun, anonim)
  • Push token (FCM): bildirishnomalar yuborish uchun

Ilova sizning aniq joylashuvingizni (GPS) yig'maydi. Ilova kameraga, mikrofonga yoki kontaktlarga kira olmaydi.

2. Ma'lumotlardan foydalanish

Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Xizmatni taqdim etish va shaxsiylashtirish
  • Hisobingizni boshqarish va xavfsizligini ta'minlash
  • Yangi kontent va xabarnomalarni yuborish
  • Ilovani yaxshilash va xatolarni tuzatish
  • Firibgarlik va suiiste'molni oldini olish

3. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslar bilan ulashish

Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Ma'lumotlar quyidagi ishonchli xizmatlar bilan baham ko'rilishi mumkin:

Ma'lumotlar qonun talab qilgan hollarda (sud chaqiruvi, hukumat so'rovi, xavfsizlik tahdidi) tegishli organlarga taqdim etilishi mumkin.

4. Kontent va intellektual mulk

Fastora ilovasi quyidagi kontentni taqdim etadi:

  • Film va serial treylar — rasmiy manbalardan ochiq tarqatilgan
  • Jonli teleeforlar — bepul efirga uzatilgan (free-to-air)

Biz hech qanday kontentni o'z serverlarimizda saqlamaymiz va egalik qilmaymiz. Barcha kontent o'z huquq egalariga tegishli. Agar siz huquq egasi sifatida o'z asaringizning Ilovada ko'rsatilishini istamasangiz, copyright@fastora.uz orqali bog'laning — 48 soat ichida olib tashlaymiz (DMCA siyosati).

5. Ma'lumotlarni saqlash muddati

Foydalanuvchi hisobi ma'lumotlari hisob faol bo'lgan davrgacha saqlanadi. Foydalanish loglari 90 kun saqlanadi. Hisobni o'chirib yuborish uchun bizga elektron pochta yuboring — 30 kun ichida barcha ma'lumotlaringiz o'chiriladi.

6. Sizning huquqlaringiz

  • Ma'lumotlaringizning nusxasini so'rash
  • Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatish
  • Hisobni butunlay o'chirish
  • Push xabarnomalardan voz kechish (qurilma sozlamalari orqali)

Bu huquqlardan foydalanish uchun akbarovasadbek777@gmail.com manziliga yozing.

7. Bolalar uchun maxfiylik

Ilova 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan. Biz 13 yoshdan kichik bolalardan shaxsiy ma'lumot yig'maymiz. Agar bunday holatdan xabardor bo'lsangiz, biz bilan bog'laning va biz darhol ma'lumotlarni o'chiramiz.

8. Xavfsizlik

Sizning ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun quyidagi choralar ko'rilgan:

  • Barcha aloqalar HTTPS (TLS 1.2+) orqali shifrlanadi
  • Parollar bcrypt bilan xeshlanadi
  • Tokenlar JWT format va vaqt cheklangan
  • Server Cloudflare DDoS himoyasi ostida

Hech qanday tizim 100% xavfsiz emas — agar xavfsizlik bilan bog'liq muammoni sezsangiz, bizni xabardor qiling.

9. Siyosatga o'zgartirishlar

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida sizni ilova ichida xabardor qilamiz. Yangilangan siyosat shu sahifaga joylashtiriladi.

10. Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik bilan bog'liq savollaringiz uchun:

© 2026 Fastora. Barcha huquqlar himoyalangan.