

Forsaj 3: Tokio drifti
Davomiyligi
1h 44m
Reyting
6.6/10
Ko'rishlar
0
Film
Film haqida
Shon Bosuell – o‘zini ko‘cha poygalarining ustasi qilib ko‘rsatishni istaydigan yolg‘iz yigit. U hayotiy qiyinchiliklardan qochishga urinib, shaharning ko‘chalarida beparvolik bilan poyga qiladi va shu bilan mahalliy hokimiyat vakillari orasida o‘ziga dushman orttiradi. Shonga qamoq jazosi tahdid solganida, uni balodan uzoqroq tutish uchun Yaponiyadagi harbiy bazada xizmat qiladigan professional harbiy bo‘lgan otasining oldiga jo‘natishadi. O‘z qonun-qoidalari bilan yashaydigan notanish mamlakatda Shon o‘zini yanada ko‘proq chetga surilgan his qiladi. Biroq, ko‘p o‘tmay, uning amerikalik do‘sti Tvinki uni yashirin drift-poygalari dunyosi bilan tanishtiradi. Ilgari Shon shunchaki ko‘chalarda o‘ylamay poyga qilardi, ammo bu yerda uning oldida metal va rezina (shina)dan iborat o‘ziga xos san’atning butun bir dunyosi ochildi, uning yo‘llari burilishlarda tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada keskin edi…










